NTM “Global Education in Karshi” bu nima?
Doimo rivojlanib boradigan va doim mukammallikga erishishga harakat qiladigan o’quv markazidir. Bizning o’quv markazimiz yosh bolalardan tortib katta yoshdagi insonlargacha ta'lim xizmatini ko'rsatish uchun ochiq. Barchangiz o'quv dargohimizda o’zingiz uchun foydali va qiziqarli ma’lumot topishingiz mumkin. To’liq ma’lumot quyida….
"Global Education in Karshi" Nodavlat Ta'lim Muassasasi quyidagi yo'nalishlar bo'yicha professional repetitorlik kurslarini taklif etadi:
1. IELTS (International English Language Testing System) tayyorlov kursi. Kurs chet el universitetlarga bakalavr yoki magistratura yo'nalishida ta'lim olmoqchi bo'lgan abituriyentlarga mo'ljallangan bo'lib, kurs 3, 6, 9 oylik tayyorlov bosqichiga ega bo'lgan dasturni o'z ichiga oladi. Kurs Toshkent Xalqaro Westminster Universitetiga o'qishni istovchilar uchun maxsus matematika kursini ham qamrab oladi.
2. CEFR kursi. Bu kurs, kollej va litsey o'qituvchilariga mo'ljallangan bo'lib, ingliz tilidan B2 yoki C1 darajasini qo'lga kiritishga mo'ljallangan dasturni o'z ichiga oladi.
3. Umumiy Ingliz tili kursi. Kurs barcha yoshdagi insonlarga mo'ljallangan bo'lib, 6 bosqichli (Beginner, Elementary, Pre-Intermediate, Intermediate, Upper-Intermediate, Advanced) ingliz tili dasturini o'z ichiga olgan.
4. Corporate/Business English. Kurs yoshi katta, biznes sohasida ishlaydigan yoki tez orada muloqot qila olishni istaydigan insonlarga mo'ljallangan bo'lib, kurs 3 oy davom etadi.
5. 36/36 ingliz tili. Kurs barcha O'zbekiston oliy ta'lim o'quv yurtlariga kirishni istovchi va 36 talik testdan kamida 30ta topishni istovchilar uchun mo'ljallangan bo'lib, kurs 1 yil davom etadi.
6. Rus tili Muloqot kursi. Kurs rus tilida bemalol suhbat qila olishni xohlaydigan barcha yoshdagi insonlarga mo'ljallangan. Kurs 1 yil davom etadi.
7. Rus tili 36/36 kursi. Kurs barcha O'zbekiston oliy ta'lim o'quv yurtlariga yevro-guruhga kirishni istovchi va 36 talik testdan kamida 30ta topishni istovchilar uchun mo'ljallangan bo'lib, kurs 1 yil davom etadi.
8. Koreys tili Muloqot kursi. Kurs koreys tilida bemalol suhbat qila olishni xohlaydigan barcha yoshdagi insonlarga mo'ljallangan. Kurs 1 yil davom etadi.
9. Ingliz tili kutubxonasi. Kutubxona 500 dan ortiq Macmillan, Oxford, Cambridge va yana bir qancha mashhur nashriyotlar tomonida chop etilgan lug'atlar, darsliklar, o'quv qo'llanmalari va ko'pgina badiiy asarlarni o'z ichiga olgan bo'lib, kutubxonadan foydalanish, unga a'zolik badalini to'lash bilan amalga oshiriladi.
Barcha darslar haftasiga 3 kun 2 soatdan bo'lib, darslar malakali o'qituvchilar tomonidan, zamonaviy texnologiyalarga ega shinam darsxonalarda o'tiladi. To'lovlar naqd, plastik va pul ko'chirish yo'li bilan amalga oshiriladi.
10. Aqliy arifmetika kursi: Insonning miyasi chap va o’ng yarim sharga bo’lingan. Tadqiqot ko’rsatishi bo’yicha, miyaning yarim sharlari shakli o’xshaydi, lekin ularning funksiyalari har xil. Miyaning chap yarim shari til bilan ishlash aloqadorligi, abstraktsiya fikrlash va muvofiq fikrlashiga javob beradi. Miyaning ung yarim shari surat, shakl, ijodiy fikrlash va ichki hisni boshqaradi. Odamlarning ko’pchiligi o’yladiki, miyang chap yarim shari ungidan ko’ra ko’proq tashkil etishini, fiziologlar va psixologlar fikilashi boyicha, ung miyaning miqdori miyaning chap yarim sharidan ko’ra ko’proq ishlatilishi lozim. Aqliy arifmetikaning metodikasi miyaning ikki yarim shari o’zaro rivojlanishiga qaratilgan. Kurs yoshi kattalarga va yosh bollarga mo’ljallangan.
11. Tez o’qish kursi: Xozirgi kunda butun dunyoda juda ko’p informatsiya va har xil yo’nalishdan bilim berilmoqda, uning effektiv va tez o’zlahtirishni bilishimiz kerak. Kurs e’tiborni bir joyga jamlay olish va konsentratsiya qobiliyatlarini rivojlantiradi. Informatsiyani tez o’zlashtirishi, ishlash layoqatini va o’qish mahsuldorligni oshiradi.
12. Mohir qo’llar kursi: Bolangiz ijodiy ishni yaxshi ko'radimi? Uning qobiliyatini rivojlantirishga shoshiling.Kurs nozik vosita qobiliyatlarini va tassavur qobiliyatlarini rivojlantiradi.
13. Tarbiyachining yarim kunlik xizmatlari: Vaqtingiz umuman yetmayaptimi? Zarur ishlaringiz chiqib qoldimi? Bolangizni kim bilan qoldirib ketishni bilmayapsizmi? Bizning o’quv markazimiz yordamga shoshilmoqda. Faqatgina sizlar uchun tarbiyachi xizmatlarini taqdim etamiz. Bolalar uchun dam olish va o’ynash xonalari yaratilgan. Bolangizni biz bilan havotirsiz qoldirishingiz mumkin, bolalaringiz vaqt qanday tez o’tib ketganini sezmay qolishadi.
14. Rassomchilik. Bolangiz rassom bo'lishga qiziqyaptimi? Va chiroyli chizishni o’rganmoqchimi? Unda bu qobiliyatni rivojlantirishga shoshiling. Bolani chizish qobiliyatini rivojlanishi uning taasurot, tasavvur, fikrlash, foto-xotira qobiliyatlarini rivojlantishiga turtki bo'lib xizmat qiladi.