• +998 91 467-70-97
  • info@global-edu.uz

Umumiy ma'lumot

25.jpg

Maktabgacha ta'lim farzandingizning ilm o'rganinshi va ijodiy qobiliyatlarining shakllanishidagi asosiy bosqich bo'lib, ota-ona va tarbiyachilardan katta bilim va malakani talab qiluvchi muhim palladir. Ushbu davr mobaynida aqliy rivojlanish bilan bir vaqtning o'zida ijodiy fikrlash, mustaqil ravishda notanish jismlar va holatlar haqida tasavvur hosil qilish, fikrlayotgan narsasini qo'llar, his-tuyg'ular, shakllar, chiroyli so'zlar orqali ifodalashni maksimal darajada o'rganishni istaydi.

12345.jpg

Bizning maktabgacha ta'lim dasturlarimiz farzandlaringizning o'z vaqtini o'zlarining kelajagi uchun foydali bo'lgan qiziqarli mashg'ulotlar bilan boyitishi uchun barcha imkoniyatlarini safarbar qiladi. Yuqoridagi maqsadlarni amalga oshirish uchun bolalarga matematik hisoblashning "Aqliy arifmetika" kursi, fikrlashni va xotirani mustahkamlovchi shaxmat va shashka mashg'ulotlari, qo'llar orqali yaratuvchanlikka undovchi "Mohir qo'llar" to'garaklari, tasviriy ifodalash ko'nikmasini oshrish uchun "Rassomchilik", odob va axloq qoidalarini takomillashtiruvchi "Etika qoidalari" dasturlari, ularning tabiatga bo'lgan munosabatlarini to'g'ri rivojlantirish uchun "Qiziqarli Fauna va Flora" darslari, jismlar va ixtirolarning yaratilish mexanizmlari va bosqichlari haqida bilishlari uchun "Bu qanday yasalgan?" kurslarini taqdim etadi.