• +998 91 467-70-97
  • info@global-edu.uz

Aqliy arifmetika

AQLIY ARIFMETIKA

AQLIY ARIFMETIKANING O’ZI NIMA?

4-16 yoshgacha bo’lgan bolalarni abacus yordamida xayolda hisoblashga asoslangan aqlni rivojlantirishning o’ziga xos uslubidir.

BOLANGIZ AQLIY ARIFMETIKA BILAN SHUG’ULLANIB NIMALARGA EGA BO’LADI?

photo_2017-05-12_19-58-38.jpg

1. Kuchli tasviriy va eshitish xotirasiga ega bo’ladi

2. Bir vaqtning o’zida tahliliy va ijodiy qobiliyat rivojlanadi

3. Chet tillarini va maktab dasturlarini oson o’zlashtirish qobiliyati rivojlanadi

4. Xayolda tez hisoblash va matematik bazaga ega bo’ladi

5. O’ziga ishonch hissi kuchayadi

6. E’tiborni jamlay oladi

7. Hamma fanlarni o’zlashtirishga ulgura oladi

8. Chap va o’ng miya yarim sharlarining uyg’unlikda rivojlanadi

QAYSI YOSHDAN BOSHLAB SHUG’ULLANISH KERAK?

Eng yaxshi natija ko’rsatadigan bolalar bu 4 dan 6 yoshgacha bo’lgan bolalardir. Olimlarning fikricha, 4 dan 12 yoshgacha bo’lgan bolalarning miyasi eng yuqori darajagacha rivojlanadi. Shu davr mobaynida bolaning miyasi mutanosib ishlashga moyil bo’ladi, miyaning hujayrasi ko’payishi va neyron bog’lanishlari paydo bo’ladi.

MAKTABDA MATEMATIKA BO’YICHA NATIJALARI YAXSHILANADIMI?

Nomlanishiga qaramasdan, aqliy arifmetikaning maqsadi faqatgina hisoblashni o’rgatish emas, eng asosiysi, bu miyaning rivojlanishi. Chunki rivojlangan miya masalalarni osongina bajara oladi, shuning uchun ham bolaning maktabda hamma fanlarni o’zlashtirishi oson kechadi.

AQLIY ARIFMETIKA ODATDAGI MAKTABGACHA RIVOJLANTIRISH DASTURIDAN QANDAY FARQ QILADI?

Bu uslubning o’ziga xosligi – bosh miya yarim sharlarining o’zaro uyg’unlikda rivojlanishidir. Bir kunda 15-20 daqiqalik mashg’ulot ulkan natija beradi. Rivojlangan miya – kelajakdagi muvaffaqiyatli faoliyat asosidir: maktabda darslarni o’zlashtirish, ulguruvchanlik osonlashadi, bola ancha mustaqil fikrlaydi.

O’QITUVCHILAR QANAQA MALAKAGA EGA?

Barcha o'qituvchilarimiz oliy ma’lumotli kadrlar bo’lib, ular bog'cha va maktab yoshidagi bolalar bilan ishlash tajribasiga ega. Ular "Surisem" o'quv dasturidan to’liq foydalanish usullarini bilishadi va xalqaro sertifikatga ham ega.

Sardor Sodikov – rus, o'zbek va ingliz tillarida ravon so’zlashadi va Aqliy arifmetikaning 5-toifa Masteri.

Abdulla Eshonkulov - o'zbek va ingliz tillarida ravon so’zlashadi va Aqliy arifmetikaning 5-toifa Masteri.

Mushtariy Saidova – rus va o'zbek tillarida ravon so’zlashadi va Aqliy arifmetikaning 5-toifa Masteri.

KATTALAR HAM BU METODIKANI O’ZLASHTIRISHI MUMKINMI?

Ha, mumkin. Evropa davlatlarida “Altsgeymer” (xotiraning sustligi) kasalligining oldini olish uchun bu uslubni qo’llashadi. Bu dastur miya mashqi sifatida foydalanilishi mumkin. Buning uchun, kattalar ko’proq va qattiqroq shug’ullanishlari kerak.

“SURISEM” O’ZI NIMA?

abs.jpg

Koreyaning “Abakus va Aqliy arifmetika bo’yicha tadqiqot Assotsiatsiyasi” bo’lgan “Surisem” xorijiy mamlakatlar (AQSh, Avstraliya, Kanada, Braziliya, Filippin orollari, Kambodja va boshqa davlatlar)da ko’p vaqtlardan buyon faoliyat olib borayotgan Janubiy Koreyaning o’qitish, rivojlantirish va ilmiy izlanish bilan shug’ullanuvchi yetakchi tashkilotidir. “Surisem” aqliy Arifmetika Assotsiatsiyasiga Janubiy Korayening Seul shahrida 2007 yilning dekabr oyida Kim Sun Djin rahbarligida asos solingan.

Hozirgi kunda Assotsiatsiya Koreyada eng keng tarqalgan markazlardan biri hisoblanadi va chet mamlakatlarda ham o’zining keng ko’lamli faoliyatini olib bormoqda. “Surisem”ning Markaziy Osiyo va Rossiya Federatsiyasidagi rasmiy vakili bo’lgan Yu Djon Gon Aqliy Arifmetika bo’yicha 3chi DAN Master (ustoz) darajasiga ega.

Ta’lim xalqaro baholash tizimi bo’yicha 3-gip (daraja)ga yetgunga qadar o’rtacha 1.5-2 yil davom etadi. Keyinchalik bola o’z xohishiga ko’ra professional darajada ta’lim olishni davom ettirishi mumkin.

SURISEM - BU:

• Bir-biriga bog’langan uslubda ikki tildagi darsliklar

• Janubiy Koreyada tasdiqdan o’tgan sertifikatga ega o’qituvchilar

• Xaqaro va mahalliy olimpiadalar va musobaqalar

• Davriy sinovdan o’tgan uslublar

17796264_611644659042871_3747855355702228996_n.jpg

KURS ICHIDA:

- Abakda qilinadigan harakatlar va xayolida hisoblash

- 4 oy o’tgach ko’paytirish va bo’lish amallari

- Kurs davomiyligi 1,5 yil, keyingisi professional darajada

- Metodika maktab dasturi bilan mos keladi

- Miya chap va o’ng yarim sharlarining rivojlanishi

- Xalqaro va mahalliy olimpiadalarda va musobaqalarda qatnashish, sertifikatlarga va yutuqlarga ega bo’lish

KURS TUGASHI BILAN:

• Siz xayolingizda qo’shish, ayirish, ko’paytirish va bo’lish amallarini oson va aniq bajara olasiz

• Katta sonlarni ko’rganingizda xavotirga tushmaysiz

• O’qish va anglash qobiliyati yaxshilanadi

• Maktab dasturlarini osongina o’zlashtira olasiz

• Fanlalaro aloqadorlikka ega bo’lasiz va tez hisoblashni o’rganasiz

• Muammolarni va boshqa masalalarni ijobiy tarzda hal qila olasiz

QARSHI SHAHRIDAGI “SURISEM” AQLIY ARIFMETIKA MAKTABINING QANDAY AFZALLIKLARI BOR?

Har bir ota-ona o’z bolasi uchun eng yaxshi narsalarni istaydi, - Sifatli ta’lim berish maskanidan tortib, qulay sharoit va yoqimli muhitga ega bo’lgan markazgacha.Talabchan ota-onalar farzandiga juda yaxshi maktab topmaguncha o’z fikridan qaytmaydi.

Qarshi shahrida “SURISEM” – 4 yoshdan 16 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun ommabop va qulay Aqliy rivojlantirish markazidir. “SURISEM”ning Qarshi shahridagi rasmiy vakillari ta’lim uchun topgan maskan shaharning shunaqangi qulay markazida joylashganki, ota-onalar bemalol yetib kela oladilar, va farzandlari ichkarida bemalol ta’lim olisha oladi.

Bu maktab shahar markazidagi “ EVOS” kafesi qarshisidagi “Bahor” mebellar uyining 2-qavatida joylashgan. Sinflar yosh me’yorlarini hisobga olgan holda o’ziga xos uslubdagi yoqimli rang-baranglikdagi ekologik xom-ashyodan tayyorlangan qulay parta va stullar bilan jihozlangan. O’quv xonalaridagi tabiiy yorug’lik va toza havo almashinishiga katta e’tibor qaratilgan. Ota-onalar uchun bolalarini kutish chog’ida bir finjon qahva ichib, televizor ko’rib dam olib turishlari yoki kitob mutolaasi bilan band bo’lib turishlari uchun keng kutish (dam olish) xonasi mavjud.

Qarshi shahridagi “Surisem” aqliy arifmetika maktabi Qashqadaryo viloyatidagi birinchi va ayni paytda yagona aqliy arifmetika maktabi hisoblanadi. Maktabimizda ta’lim 3 tilda olib boriladi. Guruh 6-8 nafar boladan tashkil topgan bo’lib, o’zbek, rus va ingliz tillarida ta’lim olib boriladi. Birinchi darsdanoq o’quvchilar mashg’ulot davomida qo’llaniladigan barcha o’quv qurollari – yorqin rangdagi Yevropa sifatidagi darslik va qo’lda ishlatiladigan abacuslarga ega bo’ladilar.

Markazimiz manzili: “Bahor” mebellar uyining 2-qavati Telefon raqami: +998-91-467-70-97

Web-site: www.global-edu.uz

Xizmatlar litsenziyalangan