• +998 91 467-70-97
  • info@global-edu.uz

Kutubxona haqida

Kutubxonada ayni paytda 1000dan ortiq Oxford, Macmillan, Cambridge va yana bir qancha mashxur nashriyotlar tomonidan chop etilgan ingliz tili lug'atlari, o'z ustida shug'ullanish uchun kitoblar, hikoya va ertak kitoblari, IELTS imtihoniga tayyorlanish uchun kerak bo'ladigan kitoblar, jahon adabiyotlari va 6 bosqichli (beginner >> advanced) ingliz tili o'rganish kitoblari bor. Shuningdek bir qator koreys tilini o'rganishni boshlaganlar uchun ham 20 dan ortiq kitoblar kutubxonamizdan o'rin olgan. Barcha ingliz tili kitoblari chet el (Angliya, Malayziya, Singapur) davlatlaridan keltirilgan bo'lib, kelajakda kutubxonamiz yana 1000 dan ortiq kitoblar bilan boyishi rejalashtirilgan.

Asosan ingliz tiliga asoslangan kutubxonamiz ertalab 6 dan kechki 12 gacha faoliyat yuritadi. Kitoblardan faqat kutubxona ichida foydalanish mumkin. Tashqariga olib chiqish, yoki uyga olib ketish qat'iyan ta'qiqlanadi.

Kutubxonaga oylik to'lovni to'lab, kutubxona a'zosiga aylanish mumkin. Kutubxonaga 3 smenadan biriga yoki xohlovchilar 2 smenaga yoki barcha 3 ta smenaga a'zo bo'lishlari mumkin.

A'zolik 3 smenaga bo'linadi.

- Blue membership (tongni smena 6.00 dan - 12.00 gacha har kuni)

- Yellow membership (kunduzgi smena 12.00 dan - 18.00 gacha har kuni)

- Black membership (kechki smena 18.00 dan - 00.00 gacha har kuni)

Yuqorida keltirib o'tilgan a'zolik smenalaridan birini tanlash va o'sha vaqtda kelib dars qilish to'lovi oyiga - 50.000 so'm

Agar xohlagan 2 ta smena tanlanadigan bo'lsa, oylik to'lov - 80.000 so'm (Silver membership)

Agarda 3ta smenani barchasiga kelmoqchi bo'lsangiz (har kuni tonggi 6dan tungi 12 gacha kirib dars qilish imkoniyati), to'lov oyiga 120.000 so'm (Gold membership)

To'lovlar siz istagan usulda.

Kutubxonamizda bir vaqtni o'zida faqatgina 40 kishiga xizmat ko'rsata olishini nazarda tutib, kutubxona xozircha faqatgina IELTS va CEFR imtihoniga ga tayyorlanayotgan yoshlar va kattalar uchun xizmat qiladi.

Kutubxonamizning rasmlarini web sahifamiz saytidan topishingiz mumkin, facebookdagi sahifamizga a'zo bo'lib va boshqalar bilan bu xabarni ulashishizga umidvormiz. "IELTS House and the English Library" kutubxonasi kitoblarining soni yanada ko'paygandan ko'paymoqda, kutubxonamizga a'zo bo'lishga shoshiling!

Eslatib o'tamiz, kutubxonamiz faqatgina IELTS imtihoniga tayyorlanayotgan yoshlar, talabalar va o'qituvchilar uchun xizmat ko'rsatadi!

Manzilimiz 4-mitti tuman, 1-uy, 1-qavat. Batafsil ma'lumot: (8-375)-223-10-64