19.06.2022

​​Chet tilidagi filmlarni to‘g‘ri tomosha qilish metodlarini bilasizmi?

Ko‘pchilik chet tillarini o‘rganish jarayonida o‘sha tildagi filmlarni ko‘rish foydali ekanligini biladi. Lekin, hamma ham filmlarni to‘g‘ri tomosha qilish metodlarini bilavermaydi.

Quyida film tomosha qilish jarayonida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan *besh muhim xususiyatlar*ni keltiramiz:

1. Diqqat

Qiziqish uchun filmni shunchaki tomosha qilish sizga til o’rganishga yordam bermaydi. Siz tomosha qilayotgan filmni faol o’rganishingiz va aytilgan har bir so’zga e’tibor qaratishingiz kerak. Agar imkon topsangiz, daftar va ruchka bilan bilmagan so’zlaringizni qayd etib, ularning tarjimasini qidirib topib borishingiz kerak.

2. Segmentatsiya

Bir o’tirishda 90 daqiqali filmni tomosha qilsangiz, shunda miyangiz siz ko’rgan narsalarning ko’pini o’zlashtira olmaydi. Bunda siz «passiv ko’rish rejimiga» o’tib qolasiz. Tilni yaxshiroq o‘rganish uchun filmlarni kichikroq qismlarga bo’ling — hatto bitta sahnaga yoki 10 daqiqalik bo’laklargacha.

3. Takrorlash

Filmni bir marta ko’rish, faqat bir marta flesh-kartani tomosha qilishga o’xshaydi. Agar siz materialni o’rganmoqchi bo’lsangiz, uni bir necha bor ko’rib chiqishingiz kerak.

4. Ishga kirishish

Siz o’z filmingiz bilan faol shug’ullanishingiz kerak. Qahramonlar bilan gaplashing, ularning talaffuziga taqlid qiling va tana tilidan nusxa oling.

5. Subtitrlar

Subtitrlar katta o’qish uchun ajoyib vosita bo’lishi mumkin. Ulardan to’g’ri foydalanish tilni o’rganishni yangi cho’qqilarga ko’tarishi mumkin.