19.06.2022

Keling, vaqtni boshqaramiz!

Vaqt sizni emas, siz vaqtni boshqarishni istaysizmi? U holda Pomodoro texnikasi siz uchun ayni muddao bo’ladi.

😁 Pomidor emas, Pomodoro qayta o’qing!

⌛️ Pomodoro bu — insonlarni vaqtni behuda ishlarga sarflamasdan, uni to‘g‘ri boshqarishga o‘rgatadigan va ish unumdorligini sezilarli oshira oladigan texnikadir. Ushbu usuldan foydalanib, siz ish kuningizni besh daqiqali tanaffuslar bilan ajratilgan 25 daqiqali bo’laklarga bo‘lib chiqasiz. Bu intervallar pomodorolar deb ataladi. Taxminan to’rtta pomodorodan so’ng, siz 15-20 daqiqagacha tanaffus qilasiz.

⚙️ Ushbu texnikaning asosiy mazmuni sizni shoshirishdir. Ya’ni, siz vazifani bajarish uchun vaqtingiz borligini his qilishning o’rniga, vaqtni behuda sarf qilgandan ko’ra, iloji boricha ko’proq ishni bajarish uchun 25 daqiqa vaqtingiz borligini bilasiz.

🎯 Bundan tashqari, majburiy tanaffuslar, ko’pchiligimiz kun oxirigacha unutib yuboradigan odatini davolashga yordam beradi. Sezmay turib kompyuter oldida soatlab o’tirishning iloji yo’q, chunki taymer sizga o’rnidan turib, nafas olishni eslatadi.

Bu usul sizni nafaqat vaqtni boshqarishga, balki sog‘lom turmush tarziga amal qilishga ham o‘rgatadi!

💭 Pomidor yoʻgʻe, Pomodoro texnikasini qoʻllab koʻramizmi? :))