19.06.2022

​​Shulte jadvallari (diqqatni jamlash bo‘yicha eng yaxshi usul)

🧠 Schulte Tables (Shulte jadvallari) — periferik ko’rish, diqqat va xotirani yaxshilash bo’yicha eng samarali usullardan biri. U tez o’qishni o’rganishga, matndan kerakli ma’lumotlarni osongina topishga va ish paytida tashqi chalg’ituvchilarga ruhiy chidamlilikni rivojlantirishga va ayniqsa, samarali tarzda til o‘rganishingizga yordam beradi.

👇🏻 Biz ushbu post ostiga, tasavvur hosil qilishingiz uchun rasmni joylab qoʻyganmiz. Koʻrib turganingizdek, bir nechta rangdagi raqamlarni o’z ichiga olgan jadval tuzilgan.

Shulte jadvallari bilan ishlashda ikkita narsa muhim rol o’ynaydi: barcha sonlarni o’sish tartibida topish tezligi (yoki kamayish tartibida) va to’g’ri mashq qilish. Bu holatda, faqat ijobiy ta’lim effekti bo’ladi va siz periferik ko’rishni yaxshilaysiz.

🗣 Ushbu jadvallarni yakka oʻzingiz ham, guruh boʻlib ham bajarish mumkin. Masalan, jamoaviy oʻyinlarda juda qoʻl keladi va qiziqarli kechadi. Bu mashqlarni bajarish tufayli insonning ish qobiliyati, shuningdek ketma-ket harakatlarni bajarish mahorati va tezligi oshadi.

Jadvalning eng keng tarqalgan versiyasi 5 ustun va 5 qatordan iborat bo’lib, elementlar 1 dan 25 gacha raqamlardir.‌‌

Endi sizga bu testni qanday bajarishingiz kerakligini aytib oʻtamiz:

⏰ Qoʻlingizni taymerni olasiz-da, uni 30 soniyaga qoʻyib, jadvaldagi 1 dan 25 gacha boʻlgan sonlarni ketma-ketlikda topishga urunib koʻring :)) Qani 30 soniyada ishni qoyillata olasizmi?

Agar, siz barcha raqamlarni ketma-ketlikda topa olmagan boʻlsangiz demak sizda kichik muammolar bor

Xoʻsh, 30 soniyada nechta raqamni ketma-ketlikda topa oldingiz?