Uyqusizlikning salbiy oqibatlari haqida bilasizmi?
🥱 Ko‘pchilik kam uxlab, oʻz ishlari bilan band boʻlishni muvaffaqiyatga eltuvchi yo‘llardan biri deb hisoblaydi. Aslida unday emas. Insonning rivojlanishida uyquning ahamiyati juda ham katta.
☝🏻 Uyqusizlik ko‘plar salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Masalan:
• kunduzgi charchoq yoki uyqusirash;
• asabiylashish, tushkunlikka tushib qolish;
• oshqozon-ichak kasalliklari;
• past motivatsiya va kamquvvatlik;
• diqqatni jamlay olmaslik;
• uxlab olish tashvishida yurish.
💁🏻♂️ O‘z vaqtida yetarlicha uxlash esa o‘qish jarayoniga ham ijobiy ta’sir qiladi. Bunday paytlarda teran fikr va o‘tkir zehn jangga shay askar kabi ilm olishga tayyor turadi.
Muvaffaqiyatga erishmoqchi bo‘lsangiz, uyquni nazorat qilishni va yetarlicha dam olishni o‘rganing!