19.06.2022

​​Writing’ni rivojlantirish uchun tavsiyalar

Ko‘pchilik IELTS imtihonining Writing qismida qiynaladi. Bugun biz qanday qilib Writing’ni rivojlantirish haqida gaplashamiz.

1️⃣ Yozishni kundalik odatga aylantiring!

Albatta, amaliyot mukammal qiladi. Har kuni bir paragrafdan bo‘lsa ham yozishni kundalik rejaga kiriting. Til o‘rganishni sport bilan taqqoslaganda, bir yoki ikki marta yozib ko‘rib, yuqori natija kutish, xuddi ilk mashg‘ulotdan so‘ng professional futbolchi bo‘lishni kutish kabidir. Kulgili-a?)

2️⃣ O‘qing, o‘qing va yanada ko‘proq o‘qing!

Misollar orqali ko‘p narsalarni yaxshiroq o‘rganish mumkin. Siz boshqalar fikrlarini qay uslubda yetkazayotganini o‘rganasiz, o‘z uslubingizni shakllantirasiz, kerak bo‘lsa uslublarini “o‘g‘irlaysiz”😉

3️⃣ Qisqa qilib aytganda 🙂

Yozuvda murakkab va uzun so’zlarni ishlatmaslikka harakat qiling. Ular tez-tez o‘quvchini chalg‘itadi va sizni aytmoqchi bo’lgan narsangizga qiziqtirmaydi.  Gaplaringizni qisqa tuting. Hech qachon “juda”, “haqiqatan ham”, “shunchaki” kabi to‘ldiruvchi so’zlarni ortiqcha ishlatmang.

4️⃣ Yaxshilab tahrir qilishga hech qachon erinmang!

Xatolar sizning yozuvingizni o‘qiyotgan o‘quvchi e’tiborini matnning asosiy mazmunidan chalg‘itadi. Tahrir qilish judayam muhimdir. Xatolarni tahrir qilishda Grammarly kabi onlayn tahrirlovchilardan foydalanishingiz mumkin.

5️⃣ Aniq xabarni ishlab chiqing!

Matnda matn mazmuniga to‘g‘ri kelmaydigan ortiqcha gaplarni yozishdan cheklaning. Nima demoqchi ekanligingizni yaxshilab o‘ylab oling!

6️⃣ Yozishga kirishing va yozing!

Ba’zida yozish jarayonidagi eng qiyin qadam — bu o‘tirish va yozishdir.  Bu vaqtda siz nima demoqchi ekanligingiz haqida aniq rejaga ega bo‘lishingiz va uni qanday aytishni xohlayotganingiz haqida umumiy tasavvuringiz bo‘lishi kerak. Bu qo‘rqinchli bo‘lib tuyulishi mumkin, lekin esda tutingki, mashaqqatli ish endi tugadi!