19.06.2022

​​​​​​​​Eshitish qobiliyatini rivojlantirish uchun qoʻshimcha tavsiyalar

🙆 Ko‘pchilik til o‘rganuvchilarda eshitish bilan bog‘liq muammolar bor. Lekin albatta bu qobiliyatni rivojlantirish mumkin. Quyida bir nechta tavsiyalar berib o‘tamiz!

♻️ Ingliz tili darsidan so‘ng film ko‘rishga yoki podkast eshitishga harakat qiling. Har qanday insonda aksent bor va hamma ingliz tilida turlicha gapiradi. Siz o‘zingiz ingliz tili ona tilisi bo‘lgan insonlarni tushunishga qanchalik harakat qilsangiz, eshitish shunchalik rivojlanadi. Bunda kino ko‘rish yoki podkast eshitish eng yaxshi usuldir.

📽 YouTube esa eng zo‘r yo‘l. Unda Ingliz tilidagi kontent juda ham ko‘p va sayt dizayni e’tiborni jalb qiladigan qilib qilingan. YouTube kuzatuvchilariga ular hali videoni to‘liq ko‘rib tugatmaslaridan yangi va qiziqarli videolarni tavsiya qiladi va siz ko‘rishga yangi narsa qidirishingizga hojat qolmaydi. Siz YouTube’ning xossalaridan o‘z muvaffaqiyatingiz yo‘lida foydalanishingiz mumkin. 

💡 Agar sizda videoni tushunish bilan bog‘liq muammo bo‘lsa, siz subtitrlarni yoqib qo‘yishingiz mumkin. Ular avtomatik tarzda qo‘shiladi hamda juda tartibli va foydalidir

❗️Unutmang! Faqat kerak bo‘lgandagina subtitrlardan foydalaning. Agar video kontentini 80-90 % tushunsangiz, subtitrlarni o‘chiring va diqqatni eshitishga qarating!