19.06.2022

Kitob o’qishni doimiy odatga aylantirish uchun maslahatlar

1. O’qish burchagingizni toping!

Kitoblarga oshiq bo’lishning birinchi qadami – o’zingizga mukammal o’qish joyini topib, uni o’zingiznikiga aylantirish.

2. Boshqalardan maslahat oling!

Qachon yangi kitoblarni o’qishni boshlasangiz, har doim boshqalar bilan maslahatlashib, tavsiyalar bilan boshlang.

3. Kitobxonlar bilan uchrashuvlar belgilang!

Chunki, kitob o’qishga energiyani ular bilan o’tkazgan vaqtingizdan olasiz.

4. Har doim boʻsh vaqtlaringizda qo’lingizda kitob bo’lishi

Bu sizni qachondir shu kitobni o’qishga undaydi.

5. U kitobdan zerikdingizmi? Boshqasiga oʻzgartiring!

Siz qachondir yangi kitob oʻqishni boshlashni xohlamasligingizni yoki yarmidan keyin qiziqishingiz so’nib borayotganini sezganmisiz? Agar siz bir kitobga qiziqishni yo’qotayotganingizni bilsangiz, uni to’xtating va boshqasini oling.

6. O’zingizga tanaffus oling!

Kechasi yorug’likni o’chirishdan bir necha daqiqa oldin, bir necha sahifalarni varaqlab, tinch uyquga zamin yaratish kifoya.

7. Kitobxonlar klubiga a’zo bo’ling!

Kitobxonlar bilan yoqimli va muntazam yig’ilishlar sizni kitob o‘qishdagi doimiylikni saqlashga undaydi.