19.06.2022

​​Qanday qilib til o‘rganishni osonlashtirish mumkin?

🤷🏻‍♂️ Ko‘pchilik til o‘rganuvchilarda muammolar bo‘lishi tabiiy. Lekin, bu siz qilayotgan ish ilojsiz ekanligini anglatmaydi. Sizda yanada qiziqarliroq va mukammalroq o‘rganish imkoniyati bor.

📌 So‘zlarni yakka holda emas, birikma tarzida yodlashga odatlaning. Bu, ularni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llash birmuncha osonlashtiradi. Bundan tashqari, o‘zingizga yoqadigan ishlarni ingliz tilida bajaring. Video o‘yinlar yoqadimi, marhamat, ingliz tilida o‘ynang.

💁🏻‍♂️ Ingliz tilidagi mediani “mahkam ushlang”. Siz ingliz tilida gaplashuvchi mamlakatda yashamasligingiz mumkin, lekin o‘sha atmosferani his qila olasiz. Ammo, o‘rganish jarayonida bor diqqatni grammatik qoidalarni eslab qolishga qaratmang. Grammatika juda ham foydali, lekin asosiy emas.

👌🏻 Kun tartibini aniq tuzib olish va unga rioya qilish orqali ko‘p narsaga erishish mumkin. Bir tartibda olib borilgan jarayon eng yaxshisidir.

🔎 Ingliz tilini qay holatda qanday qo‘llashingiz haqida o‘ylang. Masalan, tobingiz yo‘qligida, darsga kech qolganingizda, adashib qolsangiz va hokazo.

🥊 Mukammal bo‘lishga harakat qilmang. Hech kim mukammal emas. Muloqot qilishdan to‘xtamang!

Eng asosiysi, o‘rganishdan zavq oling!