19.06.2022

​​​​Ingliz tilida gapirishni rivojlantirish uchun qoʻshimcha tavsiyalar!

Ingliz tilini o’rganayotgan har qanday insondan maqsadlari haqida so’ralganda, deyarli hamma “gapirishimni yaxshilash” deb javob beradi. Xo’sh, buning uchun nima qilish kerak? Qanday qilib gapirish qobiliyatini rivojlantirish mumkin?

Eng asosiy 3 qoida:

🗣 Gapiring, gapiring, gapiring!

🍯 Keling, avvalo, yaxshiroq gapirishga o’rgatadigan sehrli damlama yo’qligini aytishdan boshlaylik! Yaxshiroq gapirishni o’rganish uchun faqat va faqat gapirish kerak. Atrofingizdagi ingliz tilini biladigan do’stlaringiz, o’qituvchilaringiz, sinfdoshlaringizdan foydalaning.

🤷🏻‍♂️ Gapirish jarayonidagi eng og’riqli muammolardan biri bu — nima deyishni bilmaslik hissi. Buni yengish uchun siz har xil vaziyatlarga moslab alohida “shpargalka” tayyorlang. Masalan, shifokor qabuli uchun, restoranga borganda va h.k

🤳🏻 Telefonni oling va ingliz tilini biladigan do’stlaringiz bilan inglizchada gaplashib boshlang. Siz telefonda suhbatdoshingizning mimika va artikulatsiyalarini ko’ra olmaysiz, bu oddiy suhbatdan biroz qiyinroq bo’lishi ham mumkin, lekin juda foydali.

💡Suhbatlarni yozib olishga odatlaning. Bu xatolaringiz ustida ishlashga ko’mak berishi tabiiy. 

So’zlashuv jarayonida yakka so’zlardan emas, turli xil iboralardan foydalaning. Ehtiyot bo’ling, ba’zi iboralar judayam norasmiy bo’ladi, ulardan foydalanib baloga qolib yurmang yana 🙂