19.06.2022

​​Ingliz tilini o’rganishda foydali bo’ladigan 6 ta mobil ilova

🔎 Ko‘pchilik til o‘rganayotganda qo‘shimcha ravishda har xil mobil ilovalardan ham foydalanadi. Lekin, ularning hammasi ham samarali emas. 

🎯 Biz sizga 6 ta eng yaxshi ingliz tilini o‘rganishda yordam beradigan ilovalarni tavsiya qilmoqchimiz.

1. Rosetta Stone — keng imkoniyatli dastur

Lug‘at va grammatika darslarini o‘z ichiga oladi. Shuningdek, talaffuz bilan ishlash imkoniyatini beruvchi darslar ham bor. Offlayn foydalanish uchun audio darslarni yuklab olish kifoya.

2. FluentU — mediaga asoslangan eng yaxshi dastur

Ingliz tilidagi videolar — yangiliklar, musiqiy va reklamali videolarni o‘z ichiga oladi. Interaktiv taglavhalar yordamida istalgan so‘zning ustiga bosib, u haqida qo‘shimcha ma’lumot olish mumkin.

3. Hello English — O‘rta darajadagi o‘rganuvchilar uchun eng yaxshi ilova

Dastlab test topshirish orqali darajangiz aniqlanadi. Darslar davomida o‘yin o‘ynashingiz, video tomosha qilishingiz, audiokitoblarni tinglashingiz mumkin.

4. Duolingo — eng qiziqarli dastur

Ingliz tilini o‘ynab o‘rganish imkonini beradi. Keyingi bosqichga o‘tish, yangilanishlarni sotib olish uchun ochkolar yig‘ish sizni o‘ziga qiziqtirib qo‘yadi.

5. Hello Talk — suhbatlashish uchun eng yaxshi ilova

Dunyo bo‘ylab ingliz tilida gaplashuvchilar bilan matn, ovoz yozish ovozli qo‘ng‘iroqlar, video qo‘ng‘iroqlar orqali suhbatlashish imkonini beradi.

6. Roboteach masofaviy taʼlim beruvchi mobil ilova hisoblanadi. 

Bu platformada darslar video, audio, rasmli va matnli materiallar orqali oʻrgatiladi. Shuningdek, darslarning oʻquvchi tomonidan oʻzlashtirilishini taʼminlash maqsadida, darslarning uyga vazifalari va shuningdek har bir darsga oid testlar doimiy tarzda berib boriladi.