19.06.2022

​​Qanday qilib so’zlarni oson eslab qolish mumkin?

Ko’pchilik til o’rganayotgan paytida duch keladigan asosiy muammo — bu so’zlarni yodlashdagi yo’l qo’yiladigan xatoliklardir. Agar siz so’z yodlash texnikasini bilmasangiz, tilni o’rganish uchun ko’p vaqt va kuch sarflab yuborishingiz mumkin. 

Bugun siz uchun foydali bo’lgan so’z yodlashning TOP 5 usullari haqida gaplashamiz.

1️⃣ Kartalar usuli. Bu har qanday xorijiy so’zlarni o’rganishning odatiy usulidir. Old tomoniga so’zning o’zini va teskarisiga so’zning tarjimasini yozasiz. Bu tarzda yodlash orqali siz ajoyib natijalarga erishishingiz mumkin.

2️⃣ Stikerlar usuli. Atrofingizdagi buyumlarga so’z yozilgan stikerlarni yopishtiring. Ushbu yondashuv sizga vizual xotira orqali so’zlarni yodlab qolish imkonini beradi. 

3️⃣ Birikmalar usuli. Odatda so’zni yodlashdan ko’ra, uni so’z birikmasi tarzida yodlash yaxshi natija beradi.  Bu usulda siz birgina so’zning o’zini emas, balki bir nechta so’zni yodlashingiz va uni ishlatilish o’rni haqida ham bilib olishingiz mumkin.

4️⃣ Mnemonika usuli. Chet tillaridagi so‘zlarni yodlashning eng samarali usullardan biri. Siz mnemonika orqali so’zlarni vizual yodlasangiz, odatiy yodlashdan ko’ra tezroq yodlaysiz va ular uzoq vaqt davomida xotirada saqlanadi. 

5️⃣ Zamonaviy usul. Hozirda ingliz tilini o’rganish uchun turli xildagi ilovalar dasturlar juda ko’p. Siz transportda ketayotganingizda ushbu ilovalardan foylanishingiz yoki quloqchin yordamida so’zlarni eshitib ketishingiz mumkin. Bu usuldan muntazam foydalansangiz tez orada natijaga erishasiz.

Bu usullar orqali siz, albatta, so’z boyligingizni oshirishingiz va so’z yod olish ko’nikmalarini, rivojlantirib olishingiz mumkin.