26.06.2022

​​Barcha ko’nikmalaringizni bir vaqtda shakllantirishni xohlaysizmi?

Biz ona tilimizni o‘rganayotganimizda dastlab eshitamiz, keyin gapiramiz, undan so‘ng o‘qiymiz va oxirida yozamiz. Har qanday tilning asosini mana shu 4 ta skil tashkil qiladi. Keling hozir ularning har birini rivojlantirish uchun qisqa tavsiyalar berib o’tamiz.

Listening:

Musiqa eshiting, ko’proq lirikasiga e’tibor bering. Bu sizga o‘sha tilni yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Kino, ko‘rsatuv, yangiliklar va hattoki radioni ingliz tilida eshitish orqali sizning listening ko‘nikmangiz rivojlanib boradi. Siz uning tub ma’nosiga tushunmasangiz ham shunchaki eshitavering. Muhimi, qulog‘ingiz ingliz tiliga o‘rganadi.

Speaking:

Ovozli chatlarga qo‘shiling. Texnologiya shu darajada rivojlanganki, siz dunyoning boshqa chekkasidagi insonlar bilan ovozli suhbatlar o‘tkaza olishingizga odamlar umuman hayratlanmaydi. Nega endi bu imkoniyatdan foydalanmaysiz. Agar siz kim bilandir muloqot qilishni yoqtirmasangiz, gapiring va ovozingizni yozib oling. Eshitib, xatolar ustida ishlang.

Reading:

Kitoblar va maqolalarni ingliz tilida o‘qishga harakat qiling. Siz kinosini ko‘rgan asarlarni kitob shaklida o‘qish ham zavqli, ham foydali bo‘ladi. Kundalik ishlatadigan gadjetlaringizning tilini ingliz tiliga o‘zgartirib qo‘ying, ishoning, lug‘at boyligingiz yaxshigina oshadi😁

Writing:

Siz o’zingizga yoqqan so’z va iboralarni daftar tutib, yozib boring. Bundan tashqari, ingliz tilida yuritiladigan bloglarda o’z qarashlaringizni inglizchada yozishga harakat qiling.