09.08.2022

​​Ingliz tilidagi so’zlarni oson eslab qolishning eng zo’r yo’llari

​​Ingliz tilidagi so’zlarni oson eslab qolishning eng zo’r yo’llari

🤡 Diqqat! Ushbu postni o’qib, so’zlarni oson eslab qolishni o’rganib olishingiz xavfi bor :))

🏞 Rasmlar orqali eslab qoling

Inson miyasi vizual ma’lumotlarni yaxshiroq eslab qoladi, ya’ni siz so’zni ma’nosini aks ettirgan rasmni topish yoki ularni chizish orqali yodlab qoling.

🔗 So’zlarni bog’lash orqali

Miyamiz biz bilgan narsalarni tasavvur qiladi, unga g’oyalar keltiradi va his-tuyg’ularimizga aylantiradi. Biz avval bilgan narsalarimizni eslaydi va u bilan yangilarini birlashtiradi. Shu kabi siz ham eski va yangi so’zlarni bog’lasangiz, eslab qolish osonlashadi.

🔎 Antonim va sinonimlar bilan eslab qolish

Bizning miyamiz antonim, ya’ni, qarama-qarshi va o’xshash ma’noga ega, ya’ni, sinonim so’zlar o’rtasida tezda aloqa o’rnata oladi, biz shu kabi narsalarni tezda eslaymiz va bu orqali so’zlarni eslab qolish yanada osonlashadi.

Siz yana qanday qo’shimchalar qilgan bo’lardingiz? O’zingiz qaysi usullardan foydalanasiz?