09.08.2022

“Professional o’qituvchilar tayyorlash trening kursi”

​​Iyun oyida bo’lib o’tgan “Professional o’qituvchilar tayyorlash trening kursi” 100 nafar talabgorlardan 19 nafari tanlab olindi

🧑🏻‍🏫 1 oy davomida markazimiz rahbari Sardor Sodikovdan, trenerlarimiz Parviz Xudoyberdiev va Gulnara Axmadjanovadan professional ustoz bo’lish sir-asrorlarini, metodikalarini va yondashuvlarni o’rgandilar. Shu bilan birgalikda, talabgor ustozlar o’quv markazimiz o’qituvchilariga 1 oy davomida shogird sifatida biriktirildilar va darslarda amaliy va nazariy ko’nikmalarga ega bo’ldilar.

✅ Kursni barcha o’qituvchilar muvaffaqiyatli bitirib, ulardan 12 nafari esa sentabrdan o’quv markazimizda o’z ish faoliyatlarini boshlashadi.

💁🏻‍♂️ Tez orada biz yana “Professional o’qituvchilar tayyorlash trening kursi”ni 2-bosqichiga e’lon beramiz. Agar siz ham qatnashmoqchi va o’quv markazimiz safiga qo’shilmoqchi bo’lsangiz, izohlarda o’z fikr-mulohazalaringizni qoldiring!

Kursga yoziling

Sinflarga yozilish yoki jamoamizning bir qismi bo'lishni xohlaysizmi?